3-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda ishlagan amerikalik diplomat: O‘zbekiston — hurmatga loyiq insonlar mamlakati. Bir kishining qilmishini butun millatga mengzash — noto‘g‘ri! Diplomat, o‘z o‘rnida, Donald Trampni ham tanqid qilib o‘tdi.
2. Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi bog‘cha hududida avtoturargoh qurmayotgani haqida bayonot berdi. Lekin avtoturargoh baribir bog‘cha hududida qurilmoqda.
3. Respublika onkologiya ilmiy markazi sobiq rahbariyati korrupsiyada ayblanmoqda. Jinoiy ish markazning sobiq direktori Sarimbek Navro‘zov, shuningdek, bosh hisobchi va moliyaviy-iqtisodiy boshqarma direktoriga nisbatan qo‘zg‘atilgan.
4. Toshkentdagi bolalar maydonchasida yuz bergan pichoqbozlikda 2 nafar o‘spirin jarohatlandi. Mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIB tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
5. Toshkent donini yegan chumchuq yoki kadrlar nega poytaxtga intiladi? Kolumnist Azizbek Abduvaliyev shuncha vaqtdan beri poytaxtda ishlab kelayotgan, biroq bu yil viloyatlarga “o‘z xohishiga ko‘ra” yuborilayotgan mutaxassislar haqida fikr bildirdi.
Izoh (0)