Venesuela prezidenti Nikolas Maduro inflyatsiya, siyosiy inqiroz va mahsulotlar tanqisligi fonida mamlakatda eng kam ish haqi yana oshirilganini e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ish haqi shu yil boshidan buyon beshinchi marta oshirilmoqda. Bu safar u 30 foizga — 136,5 mingdan 177,5 ming bolivargacha ko‘tarildi (“qora bozor”dagi joriy kurs bo‘yicha bu summa 4,3 dollarga teng).
Shu bilan birga, asosiy oziq-ovqat savatini sotib olish uchun oylik to‘lovlar miqdori qariyb 48 foizga — 189 mingdan 279 ming bolivargacha oshdi.
Shu tariqa eng kam oylik ish haqining umumiy miqdori endi 456,5 ming bolivarni tashkil qilmoqda.
Shu bilan bir vaqtda, “qora bozor”da Amerika valyutasi kursi o‘sishi natijasida venesuelaliklar maoshining dollardagi miqdori pasayib ketdi.
Izoh (0)