AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-York shahrida terakt sodir etgan asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Soipovga o‘lim jazosini berishni taklif qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Tramp mazkur taklifni o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Nyu-Yorkdagi teraktni sodir etgan shaxs shifoxonadagi palatasiga IShID bayrog‘ini osib qo‘yishni mamnuniyat bilan so‘radi. U sakkiz kishini o‘ldirdi va 12 kishini og‘ir jarohatladi. Terrorchi o‘lim jazosini olishi kerak!”, —deydi AQSh prezidenti.
Izoh (0)