AQSh 29 yoshli o‘zbekistonlik Sayfullo Soipovga terrorchilik ayblovini qo‘ydi, deb yozadi “Gazeta.ru” Nyu-York janubiy okrugi prokurori vazifasini bajaruvchi Jun Kimning bayonotiga tayanib.
“Biz unga nisbatan federal jinoyat — terrorchilik ayblovlarini ilgari suramiz”, — dedi Kim.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Soipovga IShID terrorchilik tashkilotini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zi avtomobilda urib ketgan odamlarga nisbatan zo‘ravonlik va transport vositalarini buzish kabi ikkita modda bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)