Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Kazakhstan Today.
3—4 balli yer silkinishlari Ketmon qishlog‘ida sezilgan.
2-noyabr kuni Olmaota vaqti bilan soat 11:20 da yuz bergan zilzilaning epimarkazi Olmaotadan 264 kilometr sharqda joylashgan.
Izoh (0)