Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon Belgiyaga chiqib ketdi, ammo bu yerda siyosiy boshpana so‘rashni rejalashtirmayapti. Bu haqda u 31-oktabr kuni Bryusselda bergan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Bu yerga siyosiy boshpana so‘rash uchun kelgan emasman. Bu siyosat masalasi emas, men bu yerga erkin harakat qilish va xavfsizlikda bo‘lish uchun keldim”, — dedi u.
Puchdemon hozircha Ispaniyaga qaytmasligini bildirdi. Bryusselda u sud jarayoni tugaguniga qadar bo‘lib turadi. Unga qarshi Ispaniya bosh prokuraturasi qo‘zg‘atgan da’volarga izoh berarkan, Puchdemon Madrid adolatga erishishni emas, undan o‘ch olishni istayoganini ta’kidladi.
Muqaddam Puchdemon belgiyalik advokat Pol Bekarni yollagani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)