Daryo

Karles Puchdemon Belgiyaga chiqib ketdi

Puchdemon bilan birga Kataloniya hukumatining besh a’zosi Belgiyaga yo‘l oldi

1 daqiqa o‘qish14 820 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya federal hukumati tomonidan mansabidan chetlatilgan Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon Bryusselga chiqib ketdi. Bu haqda, mahalliy matbuotga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

Foto: EPA

Puchdemon bilan birga Kataloniya hukumatining besh a’zosi Belgiyaga yo‘l oldi.

Belgiya migratsiya ishlari vaziri Teo Franken Puchdemonga siyosiy boshpana taqdim etilishi mumkinligini tasdiqladi. Frankenning so‘zlariga qaraganda, Ispaniya rasmiylari unga qamoq jazosi berilishi mumkinligi haqida gapirilmoqda.

“U qay darajada adolatli sudga umid qilishi mumkin, bu muammo”, — qo‘shimcha qildi vazir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar