Daryo

Karles Puchdemon bask ayirmachilarini himoya qilgan advokatni yolladi

U Puchdemon Belgiyaga yetib kelganini va bu yerdan siyosiy boshpana so‘rashi mumkinligini tasdiqladi

1 daqiqa o‘qish7 850 ko‘rishlar0 izoh0

Kataloniyaning mansabidan chetlashtirilgan prezidenti Karles Puchdemon belgiyalik advokat Pol Bekarni o‘z himoyasi uchun yolladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Karles Puchdemon. Foto: Kataloniya hukumati

Bu advokat muqaddam basklarning ETA ayirmachi tashkiloti a’zolarini himoya qilgani bilan mashhur. Advokatning o‘zi Puchdemon bilan hamkorlikni boshlaganini aytdi.

U Puchdemon Belgiyaga yetib kelganini va bu yerdan siyosiy boshpana so‘rashi mumkinligini tasdiqladi.

Shuningdek, El Pais nashri bilan suhbatda Bekar 31-oktabr kuni Puchdemonning Belgiyada bo‘lib turishi munosabati bilan bayonot berishi mumkinligini aytdi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar