Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Qoraqamish ko‘chasi nihoyat ta’mirdan chiqarildi. Ilgarilari haydovchilar aylanib o‘tishga harakat qiladigan yo‘l endi tekis, ravon, yangi belgilar bilan ajratilgan, deya xabar beradi “Nuz.uz”.
Yo‘l xizmati va maxsus texnika ikki hafta davomida Qoraqamish—Keles ko‘chalari chorrahasidan Qoraqamish — O‘rozboyev ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan hududda ishladi.
Eski asfalt qoldiqlari to‘liq ko‘chirib tashlanib, yangi qoplama yotqizildi. Yo‘l belgilari tortildi.
O‘zining abgor yo‘llari bilan dong taratgan Qoraqamish dahasi endi butkul tartibga keltirildi, deyish mumkin. Yaqinda Talabalar shaharchasi va Tansiqboyev dahasi yo‘llari ham kapital ta’mirlangandi.
Izoh (0)