Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonda vertolyot qulashi oqibatida amerikalik bir harbiy halok bo‘ldi, yana olti kishi tan jarohati oldi. Bu haqda NATOning Afg‘onistondagi missiyasi saytida axborot berilgan.

Foto: Getty

Foto: Getty

“RBK”ning xabar berishicha, qulashga dushman hujumi sabab bo‘lmagan. Hozirgi vaqtda aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda. Vertolyot ayni vaqtda hukumat kuchlari nazorati ostida bo‘lgan hududga qulagan. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan.

“Sinxua” agentligi axborotiga ko‘ra, baxtsiz hodisa Afg‘oniston sharqidagi Lo‘gar viloyatida yuz bergan. Viloyat gubernatori Muhammad Halim Fidoning so‘zlariga ko‘ra, vertolyot harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan edi.

Ayni vaqtda, “Tolibon” harakati vertolyot jangarilari tomonidan urib tushirilgani, uning bortida bo‘lgan barcha harbiylar halok bo‘lgani haqida bayonot berib ulgurdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Suriyada ISHID yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi
Dunyo
AQSH Eron yadro dasturini harbiy yo‘l bilan to‘xtatishga tayyorligini bildirdi
Dunyo
“Oyiga 2,5 ming kishigacha”. AQSH Ukraina harbiylarini o‘qitish dasturini kengaytirmoqchi