Somali poytaxti Mogadishoda yuz bergan ketma-ket ikki portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Al Arabiya telekanali ma’lumotiga ko‘ra, dastlab shahar markazidagi mehmonxona yonida portlovchi uskuna o‘rnatilgan avtomobil portlagan.
Shundan so‘ng terrorchilar mehmonxonasiga qarata o‘t ochgan. So‘ng Somali parlamentining sobiq binosi oldida yana bir portlash yuz bergan.
Izoh (0)