O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Istanbulga tashrifi chog‘ida To‘pkapi saroyini borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
XV asrda qurilgan mazkur tarixiy majmua ko‘p asrlar davomida Usmonlilar sulolasining saroyi bo‘lgan. 1923-yil muzeyga aylantirilgan. Bugungi kunda majmuada 65 mingdan ziyod eksponat saqlanadi.
“Davlatimiz rahbari saroy tarixi va muzeydagi qadimiy eksponatlar bilan tanishdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Izoh (0)