O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida, “B. Konisbayev” punktida katta tirbandlik yuzaga keldi: 150 dan ortiq avtomobil O‘zbekistonga o‘ta olmayapti. Bu haqda “Today.kz” manbalariga tayanib, “Kommersant.uz” xabar bermoqda.
Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish vazirligining transport qo‘mitasi tirbandlikni O‘zbekistonga yo‘l olgan transport vositalari soni ko‘payganligi bilan izohladi va holatni o‘nglash сhoralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Vazirlik rasmiy vakili Murod Jumanboyga ko‘ra, Xitoydan O‘zbekistonga yuk olib kelayotgan yuqoridagi avtotransport vositalaridan 40 tasida uchinchi davlatdan kirib kelishga ruxsat beruvchi O‘zbekiston blankalari mavjud emas.
Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar — sentabr oylarida Qozog‘istondan O‘zbekistonga yuk tashish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga o‘sdi.
Izoh (0)