Internet foydalanuvchilari Britaniyaning This Morning shousi boshlovchisi Amanda Xoldenni dastur efirida yerdan sidirib olingan qaymoqni yegani uchun tanqid qildi. Hodisa aks etgan video ko‘rsatuvning Twitter’dagi sahifasiga joylandi.
Xolden teleboshlovchi sherigi va mehmon oshpaz bilan birga bezeli tort tayyorladi. Qaymoqli kremni tatib ko‘rmoqchi bo‘lib, jurnalist ayol uning bir tomchisini yerga tomizib yubordi va “uch soniya qoidasi”ni tilga olgan holda, uni yerdan sidirib olib, yeb qo‘ydi. Uning hamkasbi bu nobop holat ekanligini aytdi.
Tomoshabinlar qizni beodoblikda aybladi va uning ishtirokidagi efirlarni hech qachon ko‘rmaslikka va’da berdi. Ular bunday xatti-harakat jamoatchilik orasida “dahshatli gigiyena”ni targ‘ib qilishini aytdi.
Where do you stand on the three-second rule? pic.twitter.com/xTnN68WDyg
— This Morning (@thismorning) October 23, 2017
Izoh (0)