Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko 2017-yilning noyabrida Toshkentga tashrif buyuradi, deb yozadi UzDaily. Ammo tashrif sanasi va rejalashtirilgan uchrashuvlar dasturi ma’lum emas.
Sputnik agentligining O‘zbekistondagi Rossiya savdo vakolatxonasidagi manbasi aytishicha, vakolatxona ayni paytda oktabr-noyabrda ishbilarmonlik tadbirlari doirasidagi biznes-missiyalarning bir qator rasmiy uchrashuvlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ushbu davrda Sankt-Peterburg gubernatori Poltavchenko rahbarligidagi madaniy-ishbilarmonlik missiyasini, O‘zbekiston Respublikasidagi Chelyabinsk viloyati kunlarini, Rossiya Federatsiyasi subyektlari — Boshqirdiston, Orenburg viloyati, Oltoy o‘lkasi rahbariyatlari tashriflarini, shuningdek, Kaliningrad, Omsk, Vladimir, Orlov, Yaroslav va boshqa viloyatlardagi Rossiya korxonalari biznes-missiyalarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)