Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 20-oktabr kuni 50 yoshli erkak kishining tan jarohatlarisiz murdasi topilgan. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, marhum Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi Sharofiddin To‘xtasinovich Qodirov bo‘lib chiqqan.
Xabar qilinishicha, unga “Ikki taraflama o‘pkalar shishishi. O‘tkir nafas qon tomir yetishmovchiligi. Ikki taraflama quruq plevrit. Yurak surunkali ishemik kasalligi. Gepatit” tibbiy xulosasi berilgan.
Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)