24-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Prokuratura Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha ayblanuvchini olti yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. Asosiy gumonlanuvchi — Islombek To‘laganov o‘ziga qo‘yilgan aybni tan olmadi.
2. O‘zbekistonda birinchi marta buyrak va jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqdagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan.
3. Tashkent City ishbilarmonlik markazi qurilishi boshlandi. Avvalroq Toshkent markazidagi 80 gektar maydonni egallaydigan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi konsepsiyasi ma’qullangani xabar qilingan edi.
4. O‘FF “yil zo‘ravoni” sifatida tanilayotgan Oybek Qilichevni 1 yilga futboldan chetlatdi. O‘FF bungacha “Buxoro” futbol klubiga 55 million so‘m (!) miqdorida jarima solgandi.
5. The Best Football Awards. Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati (Zidan va Ronaldu haqida alohida o‘qing!). Odil Ahmedov va Samvel Babayan o‘z ovozini kimlarga bergandi?
Izoh (0)