Aniq maqsadga intiluvchi yoshlar keyinchalik afsuslanmasliklari uchun yoshlikni qanday o‘tkazish haqida qayg‘uradilar. Bu masala bugungi kunda zamonaviy yoshlar orasida juda aktual bo‘lib qoldi.
Biz siz uchun e’tiboringizni tortishi mumkin bo‘lgan bir necha oqilona fikrlardan tashkil topgan maslahatlarni to‘pladik.
Ota-onalari bilan birga vaqtini kam o‘tkazgani
Ko‘pchilik afsus qiladigan narsa: ota-onalari bilan vaqtlarini faolroq o‘tkazish uchun ular yoshroq bo‘lgan paytlarda muloqot qilmaganlaridir.Ota-onalar qarib qolganlaridan keyin ular bilan birgalikda sayr qilish yoki uzoq vaqt maroqli suhbat qilish qiyinroq bo‘lib qoladi.
Ishlari haddan tashqari ko‘p bo‘lgani
Siz jamiyat bosimini 30 yoshda hozirgidan ko‘ra kuchliroq his qilasiz. Turmushga chiqish, farzand ko‘rish va yuqori martabaga erishish kerakligi haqida qayg‘urishingizga to‘g‘ri keladi.Bu talablarni bir chetga surib qo‘ying: baxtli bo‘lish uchun yashang. Hayot normaga mos kelmasligi mumkin, lekin bu sizni baxtsiz qilmaydi. Siz o‘zingiz xohlaganingizdek yashashga haqingiz bor.
Ishni birinchi o‘ringa qo‘ygani
Vaqtingizni sevganlaringiz bilan birga o‘tkazing, chunki pul ham, yuqori martabalarga ko‘tarilish ham bu qimmatli daqiqalarning o‘rnini bosa olmaydi.Vaqtini salbiy narsalarga sarflagani
Vaqtingizni o‘zingizni baxtli his qilishga majbur qiluvchi, siz bilan bo‘lgan munosabatlarning qadriga yetuvchi odamlar bilan birga o‘tkazing.Uni siz baribir nazorat qila olmaydigan salbiy fikrlar va muammolarga sarflamang.
O‘zini birinchi o‘ringa qo‘ymagani
Hozir siz o‘zingiznikidan ko‘ra boshqalarning manfaatlarini yuqoriroq qo‘yishingiz turgan gap. Diqqatingizni o‘zingizning ehtiyojlaringizga qarating va orzuingiz tomon intiling.Manba: “Heroine.ru”
Izoh (0)