O‘zbekiston Oliy Ligasining 25-turidan joy olgan vodiy derbisida qo‘qonlik futbolchilar “Navbahor” ustidan zafar quchdi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida bosh hakam Hasan Ro‘ziyev namanganliklar safidan Oybek Qilichevni maydondan chetlatdi. Bunga sabab, Qilichev raqibini tirsagi bilan urib yiqitdi. Vaziyatga yaqin turgan hakam esa hech ikkilanmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga murojaat qildi.
Bunga chiday olmagan Qilichev, yerda yotgan raqibini yana bir bor tepib o‘tishni lozim deb topdi. Shundan so‘ng, kichik janjal kelib chiqdi.
Hasan Ro‘ziyev katta ehtimol bilan bu holatlarni o‘z qaydnomasiga kiritgan. PFL tartib-intizom qo‘mitasi yaqin orada Oybek Qilichevga nisbatan jazo chorasini e’lon qiladi.
Oybek Qilichev boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi To‘lqin Qilichevning ukasi bo‘ladi.
Izoh (0)