Jahongir G‘aniyev O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi maslahatchisi, muvaqqat ishlar vakili etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati 21-oktabr kuni xabar berdi.
Qayd etishlaricha, Jahongir G‘aniyev so‘nggi vaqtlarda TIVning Osiyo—Tinch okeani mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
1955-yilda tug‘ilgan Jahongir G‘aniyev 1978-yili Moskva Davlat universitetini tamomlagan. Turli yillarda O‘zbekistonning AQSh, Buyuk Britaniya, Avstriyadagi elchixonalarida ishlagan.
Jahongir G‘aniyev 2007—2012-yillarda O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi sifatida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)