Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tezkor xodimlari bilan hamkorlikda olingan tezkor ma’lumot asosida, Asaka tumanidagi yo‘l-patrul xizmati maskanida tadbir o‘tkazildi, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.
Tadbir davomida Oltinko‘l tumanida yashovchi M.D. to‘xtatilib tekshirildi. M.D. bilan o‘tkazilgan suhbat chog‘ida, u tanishini moddiy manfaatdorlik evaziga chet davlatiga olib ketayotganligi, oyiga 2500—3000 AQSh dollari miqdoridagi oylik to‘lanadigan ish va’da qilganligi, aslida undan chet mamlakatda shahvoniy maqsadlarda foydalanmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
M.D. oldindan olgan 200 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)