Hindistonlik 28 yoshli duradgor Dubayda mobil qurilma sindirilgani tufayli o‘rtog‘ini o‘ldirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda UAE Inside xabar berdi.
Politsiyaga ko‘ra, erkak uxlab yotgan payt uning sheriklari mobil telefon yorug‘ligidan foydalanib, hujjatlarini qidira boshlaydi. O‘rtoqlari uyg‘otib yuborganidan darg‘azab bo‘lgan erkak telefonni urib sindiradi.
Buning natijasida kelib chiqqan janjal ko‘p o‘tmay yakunlandi va hamma tarqaldi. Biroq telefon egasi metall quvur bilan qaytib keldi va erkakni o‘lgunicha savaladi.
Hodisa yarim tunda sodir bo‘ldi, ammo politsiya bu haqda ertalab soat 7:00 da xabar topdi.
Izoh (0)