20-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Maktabgacha ta’lim vazirligiga Agrepina Shin rahbar etib tayinlandi. Senator Shin bungacha Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejiga direktorlik qilib kelayotgan edi.
2. YeXHT vakili O‘zbekiston hukumatini hibsdagi jurnalistlarni ozod etishga chaqirdi. Ozod etilishi nomma-nom so‘ralgan jurnalistlar orasida “Dilmurod Sayyid, Yusuf Ro‘zimurodov, Bobomurod Abdullayev va boshqalar” bor.
3. O‘zbekiston razvedkachilari Britaniyadagi xalqaro tanlovda ikkinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada 29 mamlakatdan 139 jamoa qatnashdi. O‘zbekiston unda ilk bor qatnashmoqda.
4. Lola Karimova-Tillayeva AQShda yashash uning hayotida muhim ahamiyat kasb etgani haqida so‘zlab berdi. “Bu yerda men inson hayotining asosiy omillaridan biri bo‘lmish so‘z erkinligini kundalik ravishda qo‘llamoqdaman”, — deydi u.
5. O‘FF O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bo‘lishini tasdiqladi. Ular “murabbiy faqat xorijlik bo‘ladi” deyishgandi. Ular va’da berishgandi.
Izoh (0)