O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi tomonidan poytaxtdagi “Eng namunali masjid” aniqlandi.
UZ24’ning yozishicha, eng namunali masjidni aniqlashda diniy muassasaning umumiy holati, undagi tashkiliy ishlar darajasi e’tiborga olingan.
Mazkur e’tirofga 2016-yilning oktabr oyida qayta qurib bitkazilgan “Islom ota” jome’ masjidi munosib deb topildi.
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga “Islom ota” nomini olgan ushbu masjidga hozirda Abdulhakim qori Matqulov imom-xatiblik qilmoqda.
Izoh (0)