17—20-oktabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (MKK) navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tomonidan tashkilot faoliyatining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, jumladan Hukumat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisi va boshqa tadbirlarga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni 20-oktabr kuni Toshkent shahrida Adliya vazirlari yig‘ilishi va 25—27-oktabr kunlari ShHTga a’zo davlatlarning Oliy sud raislari majlisi o‘tkazilishi to‘g‘risida majlis ishtirokchilariga ma’lumot berdi.
Milliy koordinatorlar ShHT kun tartibining boshqa masalalarini ham ko‘rib chiqdi.
Izoh (0)