Daryo

YeXHT vakili O‘zbekiston hukumatini hibsdagi jurnalistlarni ozod etishga chaqirdi

Arlem Dezir 17—19-oktabr kunlari “Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika” XIX Markaziy Osiyo OAV konferensiyasida qatnashish uchun Toshkentga kelgan edi

1 daqiqa o‘qish31 962 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YeXHT

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining erkinlik masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlarini hibsdagi jurnalistlarni ozod qilishga chaqirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Arlem Dezir 17—19-oktabr kunlari “Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika” XIX Markaziy Osiyo OAV konferensiyasida qatnashish uchun Toshkentga kelgan edi.

Foto: YeXHT

Davlat tuzilmalari vakillari bilan uchrashuvlarda Arlem Dezir “Dilmurod Sayid, Yusuf Ro‘zimurodov, Bobomurod Abdullayev va boshqa barcha jurnalistlar”ni ozod qilishga chaqirdi. “Bu imkoni bor va zarur bo‘lgan ish”, — dedi YeXHT vakili.

Konferensiyada mediasohadagi mavjud tendensiyalar, raqamlashtirish va mobil texnologiyalar taraqqiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar, shuningdek, OAV erkinligi himoyasi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Toshkent YeXHT vakili Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vitse-spikeri Sarvar Otamurodov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov hamda parlament quyi palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar