“Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi paxta terimiga chiqdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi saytida xabar berildi.
“Hosilni tezroq yig‘ishtirib olishga ko‘maklashish maqsadida tahririyat ijodiy jamoasi vakillari Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi ‘Pardaboy Odilov’ fermer xo‘jaligi dalalariga paxta terimiga chiqdi”, — deyiladi gazeta xabarida.
“Xalq so‘zi” gazetasi o‘z xodimlarining bunday harakatini “himmat” deb atagan va fermer xo‘jaligi a’zolari bundan “behad minnatdor bo‘lgani”ni qayd etib o‘tgan.
Qayd etishlaricha, avvalroq “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi paxta terimida ishtirok etayotgan fuqarolar bilan uchrashgan, bevosita ish ustida suhbatlar uyushtirib, terimchilarga esdalik sovg‘alari topshirib qaytgan edi.
Izoh (0)