Windows 10 uchun yaqinda chiqarilgan xavfsizlik yangilanmasi ko‘k o‘lim ekrani (Blue Screen of Death)ga olib kelmoqda, deb yozadi Wccftech. U 62 ta nosozlikni to‘g‘rilash uchun mo‘ljallangan edi.
KB4041676 apdeyti chiqqanidan keyin foydalanuvchilar tizim doimiy ravishda qaytadan yuklanib ketishi va ko‘k o‘lim ekrani paydo bo‘lishidan shikoyat qila boshladi. Shu tariqa kompyuterlar shunchaki cheksiz qayta yuklanish sikliga kirib qolaverdi. Shu bilan birga yangilanma ko‘plab kompyuterlarga avtomatik tarzda o‘rnatilgan.
Microsoft’dagilar muammoni hal qilishganini aytdi, ular Windows yangilanma markazidan yangilanmalarni olgan foydalanuvchilar bu muammoga uchramasligini ta’kidladi. Ustiga-ustak, muammo faqat korporativ foydalanuvchilarga daxl qilgan, xolos.
Izoh (0)