Xitoyda 7 millionga yaqin keksa kishilar “uchinchi yosh” universitetlarida o‘qiydi, deb yozadi “Korrespondent.net” Xitoy ta’lim vazirligiga tayanib.
Xitoyda keksa odamlar uchun maxsus tashkil qilingan “uchinchi yosh universitetlari” deb ataluvchi va boshqa shunga o‘xshash o‘quv muassasalari bor. Xitoy Davlat kengashining 2016—2020-yillarda qariyalar uchun ta’limni rivojlantirish rejasiga ko‘ra, 2020-yilga kelib, uyezd darajasidagi har bitta shaharda kamida bitta uchinchi yosh universiteti bo‘lishi kerak.
Xitoyda uchinchi yoshdagi kishilar uchun mo‘ljallangan 60 ga yaqin universitet va boshqa o‘quv muassasalari faoliyat yuritadi.
Izoh (0)