Rossiya qonunchiligida prezident saylovidan keyin hukumat almashishi ham ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Mk.ru”. Bloomberg agentligi hozirda Dmitriy Medvedev egallab turgan lavozim uchun bir nechta ehtimoliy nomzodlarni sanab o‘tdi.
Agentlik Putinning yaqin doirasidagi manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, lobbistlar ayni paytda bir qator nomzodlarni ilgari surmoqda, ular orasida Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina va sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ham bor.
Shu bilan birga, agentlik Putin navbatdagi prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘yish-qo‘ymaslik borasida yakuniy qarorini e’lon qilmaganini eslatdi, bu esa elitalarda qat’iyatsizlikni keltirib chiqarmoqda.
Bosh vazirning nomzodi esa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u 2024-yildagi prezident saylovlarida asosiy o‘yinchiga aylanishi mumkin.
Izoh (0)