• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Amnistiya va afvning bir-biridan 10 ta farqi

    Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z saytida amnistiya va afv tushunchalarining bir-biridan farqlarini sanab o‘tdi.

    Foto: Shutterstock

    Foto: Shutterstock

    “Qonunni buzgan, biroq o‘z qilmishining huquqqa xilofligini anglagan va tuzalish yo‘liga o‘tganligini qat’iyatlik bilan namoyon qilgan shaxslarga jamiyat va o‘z oilasi davrasiga qaytish imkonining berilishi, o‘zbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bag‘rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining ro‘yobga chiqarilishi hisoblanadi”.

    Ushbu gap kuni-kecha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5071-son farmoyishida aks etdi.

    Mazkur farmoyish qabul qilingandan so‘ng, ko‘pchilikda “Prezident amnistiya chiqaribdi” degan, noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ldi. Chunki aksariyat insonlar amnistiya va afv bitta narsa, shunchaki amnistiyaning o‘zbekchaga tarjimasi afv bo‘ladi, deb o‘ylashadi. Bir qaraganda ular ko‘p ham noto‘g‘ri o‘ylashmayapti, sababi ikkalasining ham asosiy maqsadi bitta — mehr-shafqat va insonparvarlik tamoyillariga asoslanib jinoyat sodir etgan shaxsni kechirish va uni jazodan butunlay yoki qisman ozod qilishdir.

    Biroq shunday bo‘lsada, bu ikki tushuncha bir-biridan farqlanadi. Quyida Siz ularning eng asosiy 10 ta farqi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

    1. Qo‘llanadigan shaxslar toifasi bo‘yicha

    Afv – bu muayyan shaxslar uchun, ularning shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlarni (yoshi, sog‘ligining holati, oilaviy ahvoli) inobatga olib jazodan ozod qilish hisoblanadi.

    Amnistiya esa aniq shaxslarga emas, umumiy toifalarga e’lon qilinadi. Masalan, 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, ayollar yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganlarga amnistiya akti qo‘llanildi, deylik. Bunda amnistiyaga necha kishi tushishi, kimlar tushishi oldindan aniq bo‘lmaydi. Afv hujjatida esa kimlarga qo‘llanilayotganligi nomma-nom yoziladi (ayrim holatlar istisno, masalan, 16 fevral voqealarida qatnashib, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganlarga afv e’lon qilingani kabi).

    2. Qo‘llaniladigan shaxslar holati bo‘yicha

    Afv faqat sud hukmi bilan jazo tayinlangan mahkumlarga e’lon qilinadi. Amnistiya esa jinoyat protsessining istalgan bosqichida – dastlabki tergov, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv va hattoki jinoyat ishini qo‘zg‘atishgacha bo‘lgan bosqichda ham qo‘llanilishi mumkin.

    Boshqacha aytganda amnistiyaning afv etishdan farqli xususiyati shundaki, amnistiya keng mazmunga ega bo‘lib, shaxsni jinoiy javobgarlikdan ham, jinoiy jazodan ham ozod qiladi.

    3. E’lon qiluvchi subyektlar bo‘yicha

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga binoan, afv faqat Prezident tomonidan e’lon qilinadi.

    Amnistiya akti esa Prezident taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisining Senati tomonidan e’lon qilinadi.

    Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 1991-yildan toki 2004-yilgacha bo‘lgan davrda amnistiya aktlari Prezident Farmoni asosida qabul qilingan. 2005-yildan yurtimizda ikki palatali Parlament tashkil etilgach, mazkur vakolat aynan Senatning mutlaq vakolatlaridan biri sifatida Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan edi.

    4. Qo‘llash masalasini bajaruvchi shaxslar bo‘yicha

    Amnistiya aktlarini qo‘llash masalasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari va sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. 2008-yildan boshlab, amnistiya aktini qo‘llashga oid yakuniy qarorni faqat sudlar chiqarishi belgilab qo‘yilgan.

    Afvni qo‘llash masalasini esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya hal qiladi.

    Mashhur “Shoushenkdan qochish” filmini eslaysizmi? O‘sha kinoda ham mahbuslar bilan qamoqxonada aynan shu kabi komissiyalar suhbat qilishar edi.

    5. Qo‘llash tartibi bo‘yicha

    Amnistiya akti chiqqangan keyin, uni kimlarga qo‘llash masalani hal qilish uzoqqa cho‘ziladi va ko‘plab tashkiliy jarayonni o‘z ichiga oladi. Masalan, amnistiya aktida ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan mahkumlar ozodlikka chiqarilsin degan qoida mavjud bo‘lsa, unda ijro koloniyalari ma’muriyati ana shu toifaga tushadigan mahbuslarning aniq sonini aniqlaydi, ro‘yxatini shakllantiradi va ularga amnistiya aktini qo‘llashni so‘rab sudlarga taqdimnoma kiritadi. Shu kabi ishlarni tergovchi, prokuror va sudlar ham amalga oshirishi kerak. Garchi amnistiya akti yuridik mohiyatiga ko‘ra, nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan hujjat bo‘lsa-da, biroq uni qo‘llash to‘g‘risidagi qaror sudlar tomonidan har bir shaxsga nisbatan alohida qabul qilinadi.

    Afvni qo‘llash esa ko‘p vaqt va tartibni talab qilmaydi. U qabul qilinishi bilan darhol ijro etiladi, buning uchun yana alohida bosqichlardan o‘tish shart emas. Masalan, A. ismli shaxs jazodan ozod etilsin degan Prezident Farmoni chiqsa, u o‘sha zahoti ijro etiladi hamda A. ismli shaxs ozodlikka chiqariladi.

    6. Shaxsning xohishi bo‘yicha

    Afvni qo‘llash uchun odatda jinoyat sodir etgan shaxslarning iltimosnomasi asos bo‘ladi. Amnistiya aktini qo‘llashda esa bunday iltimosnoma talab etilmaydi. Tergovchi, prokuror, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati va sudlar amnistiya aktiga tushadigan barcha shaxslar ro‘yxatini shakllantirib, ularga amnistiya qo‘llash masalasini hal etishi lozim. Biroq qonunchilikda istisno tarzda jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar o‘ziga amnistiya akti qo‘llanishini xohlamasa, ularga amnistiya aktini qo‘llash taqiqlanadi.

    Ko‘rib turganingizdek, shaxslar o‘zini afv etilishini so‘rab iltimosnoma beradi, amnistiya akti esa shaxslarning xohish-istagiga qaramasdan hammaga umumiy qo‘llanadi.

    7. Huquqiy oqibatlari bo‘yicha

    Amnistiya aktining huquqiy oqibatlari kengroq bo‘ladi. Ya’ni, amnistiya akti qo‘llanilishi natijasida quyidagi huquqiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin:
    1. shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi;
    2. mahkum asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan ozod etilishi;
    3. mahkumga tayinlangan asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazoning qisqartirilishi (kamaytirilishi);
    4. mahkum jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilishi;
    5. mahkumga tayinlangan jazoning o‘talmagan qismi yengilrog‘i bilan almashtirilishi;
    6. jinoyat sodir etgan shaxsdan sudlanganlik muddatidan ilgari olib tashlanishi.
    Afv esa faqat mahkumlarga qo‘llanishini hisobga olganda, huquqiy oqibatlari kamroq bo‘ladi. Bular:
    1. asosiy va ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod etiladi;
    2. jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi;
    3. umrbod ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa o‘talmagan jazoni nisbatan yengilroq jazo bilan almashtiriladi;
    4. sudlanganlikni olib tashlanadi.

    8. Shaxslarning ta’siri bo‘yicha

    Amnistiya akti e’lon qilinishiga jinoyat sodir etgan shaxslar hech qanday ko‘rinishda ta’sir o‘tkaza olmaydi. Bu hukumatning mutlaq huquqi bo‘lib, vaziyat taqozo etganda bir yil ichida bir necha marotaba e’lon qilinishi yoki e’lon qilinmasligi ham mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida istisno tarzida 1992 hamda 2003 yillarda bir yilda ikki marta amnistiya akti e’lon qilingan. Qolgan barcha yillarda bir martadan e’lon qilingan.

    Afvni qo‘llash uchun esa odatda jinoyat sodir etgan shaxslar hukumat qaroriga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Ya’ni afvni qo‘llash yoki qo‘llamaslik masalasi ularning tashabbusi bilan ham bevosita bog‘liq bo‘ladi.

    9. Shaxsiy omillarning ahamiyati bo‘yicha

    Amnistiya va afv o‘rtasida yana bir kichikroq farq bu shaxsiy omillarning ta’sirida ko‘rinadi. Ya’ni afvni qo‘llashda mahkumning qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymonligiga, mahkumning shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlarga, uning yoshi, sog‘ligining holati, oilaviy ahvoliga (qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlar, mehnatga qobiliyatsiz er (xotin) va (yoki) keksa yoshdagi ota-onasi mavjudligiga) albatta e’tibor qaratiladi. Bu omillarni hisobga olmasdan afv qo‘llanishi deyarli imkonsiz.

    Amnistiya aktida esa har doim ham bunday omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Masalan, amnistiyada 60 yoshdan oshgan keksalar jazodan ozod etilishi haqida qoida bo‘lsa, bu barcha keksalarga birdek qo‘llanadi. Ular orasida qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lmagani bo‘lsa ham, amnistiya akti asosida ozodlikka chiqariladi. Yoki bunday holda ularning oilaviy ahvolini o‘rganishga ham ehtiyoj yo‘q.

    Faqat istisno tariqasida ayrim hollarda shaxslarning sog‘lig‘i (masalan, sil kasaliga chalinganlar) yoki ularning qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymonligi (taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki) amnistiya qo‘llashda e’tiborga olinishi ham mumkin.

    10. Normativ hujjat maqomi bo‘yicha

    Oxirgi farq amaliy emas, balki ilmiy farqdir.

    Huquqshunoslik qoidalariga ko‘ra, amnistiya normativ akt hisoblanadi, afv esa bunday emas. Chunki amnistiya huquq normasining tug‘ilishiga sabab bo‘ladi, afv esa huquqni qo‘llash xarakteridagi akt xolos. Shuningdek, afv aniq shaxsga yo‘naltirilganligi sababli yangi qoida yaratmaydi, o‘zga shaxslarga ta’sir qilmaydi, qonunchilikdagi tartiblarga o‘zgarish kiritmaydi. Shunga ko‘ra afv normativ akt sifatida baholanmaydi.

    Amnistiya va afvning asosiy farqlari bo‘yicha taqqoslama jadval

    Farqlanuvchi omillarAmnistiyaAfv
    Kim qabul qiladi?Oliy Majlis Senati (Prezident taqdimiga binoan)Prezident
    Kimlarni qamrab oladi?Mahbus, mahkum, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarMahbus, mahkum va jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslar
    Kimlarga qo‘llanadi?Nomuayyan shaxslar guruhiga (ma’lum bir shaxslar toifasiga)Muayyan shaxslarga
    Kechirim hujjatining tashabbuskori kim bo‘ladi?DavlatMahkum yoki uning vakili
    Shaxsiy omillar (tavsif) qarorga ta’sir qiladimi?QismanTo‘liq

    09.10.2017, 09:52   Izoh (0)   20347
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metropolitenidagi “Turkiston” bekatining qurilishi nega to‘xtatilgandi?

    09.10.2017, 09:28

    Fransiya elchisi: o‘zbek tilida so‘zlashishni istayman

    09.10.2017, 09:28

    Endi to‘lov kontrakt bilan o‘qishga qabul qilinganlar bepul o‘qishi mumkin

    09.10.2017, 09:13

    Rossiyada o‘zbekistonlik biznesmen er-xotin haqida kitob chop etildi

    09.10.2017, 08:45

    Farg‘onada turizm yo‘nalishida 40 dan ortiq loyiha amalga oshiriladi 

    09.10.2017, 08:12

    Shavkat Mirziyoyev EIZ va KSZlarni rivojlantirish samaradorligi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    09.10.2017, 00:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53

    O‘zbekistonda ekologiya bo‘yicha huquqbuzarlarga 115 mlrd so‘m jarimalar belgilandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 16:35

    Hindistondagi hodisa yagona emas: tarixdagi eng yirik aviahalokatlar qayerda sodir bo‘lgan?

    Dunyo | 28 iyun, 16:15

    Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 15:55

    Mashhur filmlarda ko‘pchilik sezmagan 17 xatolik

    Kino | 28 iyun, 15:35

    Rossiya Trampni qiziqtirgan litiy konni egallab oldi

    Dunyo | 28 iyun, 15:15

    Nima uchun yozda kasal bo‘lish xavfliroq: ichak infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha oddiy maslahatlar

    Maslahatlar | 28 iyun, 14:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.