• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev EIZ va KSZlarni rivojlantirish samaradorligi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari ishtirok etdi.

    2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyat, tuman va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan.

    Davlat rahbarining 2016-yil 26-oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ushbu zonalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistondagi EIZ va KSZlarda 14 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi

    Bugungi kunda mamlakatda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 ta loyiha amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

    Yig‘ilishda bu ko‘rsatkichlar qoniqarli emasligi, uni yanada oshirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, investor va tadbirkorlarni jalb etishni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    Prezident topshirig‘iga asosan erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million dollar miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.

    Farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari 7 ta yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflari chog‘ida bo‘sh turgan yoki samarasiz ish yuritayotgan ishlab chiqarish binolarini borib ko‘rdi. Ulardan samarali foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida ushbu binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Mamlakatdagi kichik sanoat zonalari soni 96 taga yetdi.

    Bugungi kungacha ushbu hududlarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 ta loyiha amalga oshirilgan. Yangi korxonalar ishga tushishi tufayli 9,6 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

    Bundan tashqari, 248 ta loyihani amalga oshirish natijasida 11 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

    Yig‘ilishda kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.

    Shavkat Mirziyoyev tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bu sohadagi faoliyatini tanqid qilib, ularda tashabbuskorlik yetishmasligi,erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligini ta’kidladi.

    Xususan, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish jarayoni murakkabligicha qolib, odatda rasmiy xarakter kasb etmoqda. Erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda hanuz byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda.

    “Urgut”, “Qo‘qon”, “G‘ijduvon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmasevtika yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlari sust bormoqda. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.

    Davlat rahbari erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Avvalo, ushbu zonalar faoliyatini rivojlantirishga doir me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish, bugungi zamon talablariga moslashtirish, barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarurligi ta’kidlandi.

    Yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolarni ajratish tartibini soddalashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’muriy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 ta vazirlik va idoradan iborat edi. Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq ularning soni 4 ta etib belgilandi.

    Shuningdek, iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezoni qayta ko‘rib chiqiladi, erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarini kreditlash sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik ta’minoti vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.

    Shu jihatdan, yig‘ilish davomida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida joylashgan korxonalarni barcha zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    09.10.2017, 00:08   Izoh (0)   15062
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzax viloyatining bosh yo‘l nazoratchisi o‘zgardi

    08.10.2017, 23:38

    Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    08.10.2017, 23:30

    Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentiga uning akasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    08.10.2017, 23:09

    “RJD” Vladimirdagi YTH oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga 5 ming rubldan kompensatsiya puli to‘ladi

    08.10.2017, 23:06

    Joriy yilda 9-sinfni bitirgan o‘quvchilarning 60 foizi o‘qishni 10-sinfda davom ettirmoqda

    08.10.2017, 22:53

    Vladimirdagi YTH qurbonlarining jasadlari Termiz, Andijon va Buxoroga yetkazildi

    08.10.2017, 22:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.