Vashington Kuba rasmiylari fuqarolari ozodligini ta’minlamaguncha Gavanaga nisbatan amaldagi sanksiyalarni bekor qilmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda bo‘lib o‘tgan ispan merosi oyligiga bag‘ishlangan tadbirdagi chiqishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz Kuba va Venesueladagi yaxshi odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qat’iy choralar ko‘rdik. Kuba tuzumidan to xalqining siyosiy huquqlarini to‘liq ta’minlamaguncha sanksiyalar olib tashlanmaydi”, — dedi Tramp.
Shuningdek, AQSh prezidenti “Venesuela xalqi uchun demokratiyani tiklash”ga chaqirdi va sotsialistlar hamda kommunistlar mafkurasini keskin tanqid qildi.
Izoh (0)