Myanmada yuz minglab rohinjalar qolmoqda va ular Bangladeshga o‘tishi mumkin. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Myanmada qancha rohinja qolganini hech kim aniq bilmaydi, biroq biz ularning yuz minglab ekanligini taxmin qilamiz”, — dedi BMT bosh kotibining o‘rinbosari.
Loukok BMTda Bangladeshda yil oxiriga qadar qochoqlar soni qanchaga yetishi taxminlari mavjud emasligi, biroq gumanitar tashkilotlar vaziyat rivojining turli ssenariylarini ko‘rib chiqayotganini bildirdi.
Izoh (0)