AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya bilan munosabatlarda Vashington uchun bosh maqsad uni yadrosizlantirish ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u amerikalik harbiy boshliqlar bilan uchashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Shimoliy Koreyada bizning maqsadimiz — yadrosizlantirish. Biz ushbu diktaturaga mamlakatimizga yoki ittifoqdoshlarimizga haddan tashqari ko‘p sonli qurbonlar bilan tahdid qilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Biz buning oldini olish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz”, — dedi Tramp.
Izoh (0)