Yevropaning tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji oshib boradi, Ozarbayjon esa Yevropa uchun yagona yangi enegetika manbasi hisoblanadi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Yevroittifoq siyosat va xavfsizlik qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Hozirgi vaqtda Yevropani gaz bilan ta’minlovchi barcha boshqa manbalar foydalanilmoqda. Ozarbayjon yaqin masofada joylashgan yangi manba, zaxiralar ulkan, navbatdagi o‘n yilliklar uchun yetarli bo‘lgan salohiyat mavjud”, — dedi Ilhom Aliyev.
Ilhom Aliyevga ko‘ra, mamlakatda ayni paytda 4 ta gaz quvuri bo‘lib, ular orqali Gruziya, Turkiya, Eron va Rossiyaga gaz yetkazish mumkin. Oxirgi, Bokudan Italiyaga tortilayotgan eng yirik gaz quvuri qurilishi esa davom etmoqda.
Mamlakat ishtirok etayotgan “Janubiy gaz yo‘lagi” loyihasi 10 milliard kubometr Ozarbayjon gazini Kaspiy mintaqasidan Gruziya va Turkiya orqali Yevropaga yetkazilishini ko‘zda tutadi. Loyiha qiymati 40 milliard dollardan iborat.
Izoh (0)