Suriyada “Jabhat an-Nusra” guruhining 49 nafar jangarisini yo‘q qilish va guruh yetakchisi al-Jo‘loniyni og‘ir yaralashda Rossiya harbiy razvedkasi ma’lumotlari qo‘l keldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Konashenkovga ko‘ra, razvedka “Jabhat an-Nusra”ning Idlibdagi “sharqiy sektori” dala qo‘mondonlari shoshilinch yig‘ilishi haqida ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. Mazkur ma’lumot tasdiqlangandan so‘ng Suriyadagi Rossiya qo‘shinlari guruhi qo‘mondonligi havo zarbasi berish haqida qaror qabul qildi.
Yo‘q qilingan dala qo‘mondonlari orasida Musab al-Husayn, Abu Turob ad-Dog‘istoniy, Abdurahmon al-Muhojir, Abu Ahmad al-Jazraviy va boshqalar bo‘lgani bildirilmoqda.
Terrorchilarga Rossiya havo-koinot kuchlarining Su-34 bombardimonchisi zarba berdi.
Izoh (0)