Hindistonning Uttar-Pradesh shtati turizm vaziri Rita Baguna Joshi shtatning sayyohlik imkoniyatlari haqidagi yangi broshyurani taqdim etdi. Mazkur qo‘llanmada sayyohlarga tavsiya etiladigan joylar qatoridan Toj Mahal maqbarasi chiqarib tashlangan. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Avvalroq shtatning asosiy vaziri Yogi Adityanatx shtatga tashrif buyuradigan mashhurlarga Toj Mahalning miniaturali modelini sovg‘a qilish odatini tanqid qilgan edi.
Izoh (0)