Iroq Kurdistoni Iroq va avtonomiya o‘rtasidagi bahsli hududlar maqomi bo‘yicha muzokaralarga tayyor. Bu haqda Iroq Kurdistoni parlamenti raisining o‘rinbosari Ja’far Ibrohim ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Konstitutsiyada qayd etilgan birinchi variant: referendum tashkil etish va ovozlarni hisoblab chiqish. Bag‘dod buni rad etdi. Ikkinchi variant — referendumda ishtirok etgan mintaqalar — Kurdiston mintaqalari. Agar e’tirozlar bo‘lsa, Kurdiston va Iroq o‘rtasidagi chegaralarga aniqlik kiritish uchun xalqaro nazorat ostida va BMT yordamida jiddiy muloqotga kirishamiz”, — dedi Ibrohim.
Bahsli hududlardan biri neftga boy Kirkuk viloyati bo‘lib, uning kengashi avgust oxirida hududni Iroq Kurdistoni mustaqilligi bo‘yicha ovoz berishga kiritilishini ma’qullagandi. Natijada tegishliligi qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan Kirkuk shahri aholisi referendumda ishtirok etdi.
Kirkuk gubernatori Najmiddin Karim oldinroq viloyat na Iroq hukumati, na parlamentiga bo‘ysunishini bildirgandi. O‘z navbatida, Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy 4-oktabr, chorshanba kuni mamlakat parlamentidan Kirkukka qo‘shin kiritish huquqini oldi.
Izoh (0)