Suriya va Iroqda deyarli mag‘lubiyatga uchragan IShID hamda boshqa terrorchi tashkilotlar yetakchilari yangi butunjahon tarmog‘ini yaratishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan, ushbu maqsadlar uchun kuch va resurslar taqsimlanmoqda. Bu haqda Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Jangarilar aniq maqsadlarni ko‘zlab Yaqin Sharqdan tashqariga tarqalib, keskinlik va qurolli mojarolarning yangi o‘choqlarini yaratish uchun beqarorlik mavjud mintaqalarda to‘planmoqda”, — dedi Bortnikov.
FXX direktoriga ko‘ra, terrorchilar Afg‘onistonga faol ravishda suqilib kirmoqda, u yerdan Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, shuningdek, Xitoy va Hindiston hududiga o‘tishi mumkin. Shuningdek, Rossiyada teraktlar sodir etish uchun “Osiyo platsdarmi”dan foydalanishi ehtimoli mavjud.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)