AQSh rasmiylari Las-Vegasdagi (Nevada shtati) otishmada halok bo‘lgan deyarli barcha insonning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Las-Vegas sherifi Jozef Lombardo 3-oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning chiqishini CNN telekanali efirga uzatdi, deb xabar berdi “TASS”.
“Uch kishidan boshqa barcha halok bo‘lganlarning shaxsini aniqladik”, — dedi sherif.
1-oktabr, yakshanba kuni Las-Vegasdagi Mandalay Bay mehmonxonasi yaqinida bo‘lib o‘tgan konsert dasturi vaqtida otishma sodir bo‘lgandi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, nevadalik 64 yoshli Stiven Peddok mehmonxonaning 32 qavatidan o‘t ochgan. U huquq-tartibot xodimlari yetib kelguniga qadar o‘z joniga qasd qilishga ulgurgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 59 kishi halok bo‘lgan, 520 dan ortiq odam jarohat olgan.
Izoh (0)