Ispaniya qiroli Filipp VI Kataloniya maqomi haqida o‘tkazilgan referendumni tan olmadi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda u muxtoriyat hududidagi ovoz berishdan keyin ikki kun o‘tib, televizor orqali ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniya jeneraliteti (hukumati) referendumni noqonuniy tarzda o‘tkazgan va o‘z xatti-harakatlari bilan demokratik tamoyillarni buzgan, bu orqali ular “Ispaniya birligini buzish”ni ko‘zlagan.
“Ular qabul qilgan qarorlar muntazam ravishda qoidalarni buzgan va shu orqali Kataloniyadagi mamlakat hukumatiga bo‘lgan nafratni namoyish qilgan”, — deya ta’kidladi qirol.
Filipp VI muxtoriyat hukumati ham Ispaniya konstitutsiyasini, ham Kataloniya muxtoriyati haqidagi qonunni buzganligini qo‘shib qo‘ydi.
Izoh (0)