Puerto-Riko gubernatori “Mariya” dovuli chog‘ida halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Uning so‘zlariga ko‘ra, dovul 90 milliard dollar qiymatida zarar yetkazgan.
Avvalroq 16 nafar qurbon haqida xabar berilgan edi. “Mariya” dovuli Puerto-Rikoga sentabr o‘rtasida yopirildi. Tabiiy ofat kuchlilik darajasining eng yuqori — beshinchi bosqichiga chiqdi.
Izoh (0)