Amerikaning Nevada shtati Meskit shahri fuqarosi Stiven Peddok odamlarni o‘qqa tutishni boshlashdan oldin Las-Vegasning Mandalay Bay mehmonxonasidagi xonasiga ko‘p sonli videokameralar o‘rnatib qo‘ygan. U jami to‘qqiz daqiqa davomida o‘q yog‘dirgan. Bu haqda Las-Vegas sherifi Jozef Lombardo CNN efirida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Sherifning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tergovchilar o‘qotarni yo‘q qilish operatsiyasida qatnashgan politsiyachilar taqqan kameralardagi yozuvlarni o‘rganmoqda. “Bundan tashqari, biz fojia yuz bergan hududga o‘rnatilgan kameralardagi videoyozuvlarni ham o‘rganib chiqyapmiz”, — dedi u.
Izoh (0)