Rossiya mudofaa vazirligi ikki nafar rossiyalik harbiy IShID jangarilari tomonidan asirga olinganini rad etdi, deb yozadi “TASS” harbiy idoraga tayanib.
Avvalroq OAVlarda IShID asirga olingan ikki rossiyalik harbiy aks etgan videoni e’lon qilgani haqida axborot paydo bo‘lgan edi.
“Suriyaning Dayr-az-Zor yoki boshqa viloyatlarida Rossiya qurolli kuchlari harbiylari asirga olinishi yoki talafot ko‘rilishi bilan bog‘liq hech qanday hodisalar bo‘lgani yo‘q. Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi barcha harbiy xizmatchilari qo‘yilgan vazifalarni ado qilmoqda”, — deyishdi idoradagilar.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)