AQSh ichki ishlar vazirligi nazorat organi vazir Rayan Zinkega nisbatan mamlakat bo‘ylab xususiy samolyotlarda harakatlangani sababli tekshiruv boshladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlar bosh inspektori apparati matbuot kotibi Nensi Di Paologa ko‘ra, nazorat organi o‘tgan haftada “ko‘plab shikoyatlar oldi” va Zinkega nisbatan tekshiruvni boshladi.
Politico nashri AQSh IIV rahbari joriy yilda bir necha bor xususiy samolyotda uchgani, jumladan, Las-Vegasdan Montana shtatidagi tug‘ilib-o‘sgan shahri aeroportiga parvoz qilganini bildirdi. Mazkur parvoz soliq to‘lovchilarga 12 ming dollarga tushdi.
AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri Tomas Prays shunday ayblovlar tufayli 30-sentabr kuni iste’foga chiqqandi. Vazir 2017-yil may oyidan beri xususiy samolyotlardan kamida 26 marotaba foydalandi va bu g‘aznaga 1 million dollarga tushdi. Prays ushbu summadan atigi 52 ming dollarini qaytarishni va’da berdi.
Izoh (0)