AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya sharqida “Hizbulloh” harakati jangchilariga aviazarba bermadi. Bu haqda koalitsiya shtabi rasmiy vakili Rayan Dillon ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Aviazarbalar koalitsiya operatsiyalari o‘tkaziladigan hududga berilmadi. Biz IShID bilan Raqqada va Frot daryosining sharqida kurashmoqdamiz”, — deya izoh berdi Dillon Twitter’dagi sahifasida.
Oldinroq Al-Arabiya telekanali “Hizbulloh”ning kamida 7 nafar jangchisi Palmira sharqida bombardimon qurboni bo‘lganini bildirgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)