Meksika shimolidagi Tamaulipas shtatida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida ikki kishi, jumladan, bir nafar yosh bola halok bo‘ldi, 18 ming kishining mulkiga zarar yetdi. Bu haqda mamlakatning Harbiy-dengiz floti vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, Tamaulipasda qutqaruv ishlari boshlangan bo‘lib, 330 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Shu bilan birga, Harbiy-dengiz floti jabrlanganlarni tashishda Rossiyada ishlab chiqarilgan beshta “Ural” yuk tashuvchi avtomobillaridan foydalanmoqda.
Mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmati Altamira shahri eng ko‘p zarar ko‘rganligini xabar qildi, bu yerda yomg‘ir darajasi 245 millimetrga yetgan.
Izoh (0)