Rossiyaning Amur viloyatida harbiy xizmatchi bir zobit va ikki oddiy askarni otib tashladi, yana ikki kishini yaraladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, shundan so‘ng erkak qo‘lida qurol bilan voqea joyini tark etdi.
Qotillik poligonda ro‘y berdi.
“Harbiy xizmatchi kutib turganlar guruhiga qarata avtomatdan o‘t ochdi”, — deyiladi mudofaa vazirligining xabarida.
Gumondor — dog‘istonlik Hasan Abdulahadov. Rossiya tergov qo‘mitasi qotilliklar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Izoh (0)