Mumbaydagi shahar atrofiga qatnovchi temir yo‘l bekatida ro‘y bergan tiqilinch oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 29-sentabr, juma kuni tongda megapolisning janubiy qismida, Prabxadevi va Parel bekatlari oralig‘idagi o‘tish yo‘lida sodir bo‘ldi. Uning aniq sabablari hozircha ma’lum emas, politsiya yuz bergan fojia tafsilotlarini o‘rganish zarurligini bildirdi.
Mahalliy OAVga ko‘ra, Mumbayga shu kuni kuchli jala yopirilgan. Shahar hamda uning atrofidagi aksariyat aholi yog‘inlar ko‘chalarning suv bosishi va tiqinlarga olib kelishidan xavfsirab, shahar atrofi poyezdlaridan foydalanishga qaror qildi.
Natijada ushbu poyezlardagi yo‘lovchi oqimi ko‘paydi, ikki bekat o‘rtasidagi o‘tish yo‘li esa g‘arbiy va markaziy temir yo‘l liniyalarini birlashtirgani uchun eng gavjum joy sanaladi.
Izoh (0)